Kvartira tanlash, ayniqsa, ko'chmas mulk bilan shug'ullanmaganlar uchun qiyin masala bo'lib tuyulishi mumkin. Uy-joy sotib olish odam hayotidagi eng qimmat xaridlardan biri bo'lib, uning tanlovida xato qilish qimmatga tushishi mumkin.
Agar ijaraga berish uchun emas, yashash uchun kvartira sotib olayotgan bo‘lsangiz, joylashuvi, infratuzilmasi va ish, maktab va bolalar bog‘chalariga yaqinligini hisobga oling. Ishingizni o‘zgartirishingiz mumkinligini unutmang, lekin kvartirangizni o‘zgartirish qiyinroq.
Kvartirani tanlashda yana qanday mezonlarni hisobga olish kerak? Bir nechta kvartiralarni yoqtirgan bo‘lsangiz qaysi birini tanlash kerak? Bu savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Hozirda ham yangi, ham eski binolarda kvartiralarni tanlash imkoniyati mavjud. Sizga va mablag‘ingizga mos keladigan uy-joy sinfini tanlash ham muhim: ekonom, komfort, biznes yoki premium.
Mutaxassislar rivojlangan infratuzilma va avtoturargohga ega bo'lgan yangi binolarda kvartira sotib olishni maslahat berishadi. Bunday xususiyatlar odatda eski uy-joy fondiga qaraganda ko'proq likvidlikka ega, ya’ni keyinchalik bunday xonadonni yaxshi narxga sotish imkoniyati yuqori. Biroq, agar byudjetingiz cheklangan bo'lsa, shubhali sifatga ega yangi binodan ko‘ra, ikkilamchi bozorda uy variantlarini ko'rib chiqish afzalroq. O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida o‘z loyihalari bilan xaridorlarning ishonchini oqlamagan quruvchi kompaniyalar kam emas. Shu sababli, ba'zi xaridorlar eski loyihadagi uylarni ishonchliroq deb hisoblaydilar. Bunday xonadonlarni tanlashda uyning umumiy holatini va u qurilgan yilni hisobga olishingiz kerak
Agar kvartirani ijaraga berishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, uni qurilish kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan tayyor ta’mir bilan sotib olishingiz mumkin.
Agar o'zingiz uchun yuqori sifatli ta'mirlashni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, tugallanmagan ta’mirli ‘korobka’ variantli kvartiralarni tanlash tavsiya etiladi. Biroq, buning uchun qo'shimcha xarajatlarga tayyor bo'lishingiz kerak. Kvartirani tanlashda uning umumiy rejasiga (planirovkasiga) ham e'tibor berish kerak.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra 40-55 kvadrat metr maydonga ega bir va ikki xonali kvartiralar ko'chmas mulk bozorida eng ko'p talabga ega. Bunday kvartiralarni sotish odatda to'rt yoki undan ortiq xonali kvartiralarga qaraganda osonroq bo'ladi. Ko‘p xonali kvartiralar talabning pastligi sababli keyinchalik uzoq vaqt sotilishi mumkin. Oshxonani joylashtirish mumkin bo'lgan keng veranda ham xaridorlarni qiziqtiradi.
Likvidlik - bu aktivning o'z qiymatini yo'qotmasdan ayirboshlash qobiliyati. Pul eng likvid aktiv hisoblanadi, chunki uni tovarga tez va oson almashtirish mumkin. Likvidlik har qanday mahsulotga xosdir, uni sotish tezligi va narx farqiga qarab likvidlik yuqori yoki past bo'lishi mumkin.
Kelajakda foydali sotilishi mumkin bo'lgan likvidli aktivni tanlash uchun yana bir qancha mezonlar mavjud:
Bir nechta kvartiralarni tanlashda zaiflikni taqqoslash usulidan foydalansa bo‘ladi. Ularni bir xil mezonlar bo‘yicha solishtiring va ko‘proq kamchiliklarga ega bo‘lgan variantni ro‘yxatdan chiqarib tashlang. Ko‘chmas mulkni tanlashda his-tuyg‘ularga emas, balki raqamlar va ko‘rsatkichlarga amal qilishingiz kerak. Agar kvartira hali ham qurilish bosqichida bo‘lsa, bu ayniqsa muhim jihatdir. Quruvchi kompaniya chiroyli ko‘rinishga ega kvartiralarni taklif qilishlari mumkin, ammo qurilish tugagandan so‘ng, boshqa mezonlar uning qiymatini kamaytirishi mumkin.
Ko‘chmas mulkni sotib olayotganda narxni muhokama qilishdan qo‘rqmaslik kerak. Kvartirani tekshirgandan so‘ng, sotuvchiga o‘z narxingizni taklif qiling. Bunday taklifni kvartirani tekshirishdan so‘ng, sotuvchi bilan shaxsiy aloqa mavjud bo‘lganda va u sizning jiddiyligingizni tushunganida qilish muhimdir. Agar sotuvchi kvartirani shoshilinch sotayotgan bo‘lsa, pastroq narxga rozi bo‘lishi mumkin.
Kvartirani tanlashda bir nechta muhim mezonlarni hisobga olish kerak. Bozorda talab qilinadigan kvartiralarni tanlang. Agar byudjetingiz cheklangan bo‘lsa, pulingizni yo‘qotish xavfi mavjud bo‘lgan yangi loyihalardan ko‘ra, eski uylarni tanlash afzalroq. Joylashuvga e’tibor bering: jamoat transportining qulayligi, do‘konlar va dorixonalarning mavjudligi muhim jihatdir. Ta’mirlash holatini baholang, bu mezon sizning xarajatlaringizga ta’sir qiladi. Agar tanlash uchun bir nechta kvartira mavjud bo‘lsa, ularni solishtiring va savdolashishdan tortinmang.
Sept. 25, 2024, 10:07 a.m.