Quruq yuz terisi – bu tabiiy lipidlar va namlikning yetishmasligidan aziyat chekadigan teridir. Shu bilan birga, quruq terini suvsizlangan teridan ajratish juda muhim. Terining quruqligi - bu uning doimiy belgisi, suvsizlik esa vaqtinchalik xususiyatdir. Ushbu maqolada biz aynan quruq yuz terisi belgilari bilan qanday kurashish mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Yuzingiz terisi quruqligini qanday bilish mumkin? Ba'zan bunga faqat oynaga qarashning o'zi kifoya qiladi. Qanday qilib belgilarni sezish mumkin:
Muayyan yoshgacha quruq teri turi deyarli afzallik kabi ko'rinishi mumkin - axir u kamdan-kam hollarda qora nuqta paydo bo'lishiga moyil, yog'li yaltirash yoki toshmalar azobidan qiynalmaydi. Ammo qurish xususiyati tufayli erta qarish va yosh o'zgarishlarining tezroq paydo bo'lishiga moyil bo'lib, yoshligidan parvarish va e'tiborga muhtoj ekanligini unutmaslik kerak.
Agar yuzingiz quruq yoki juda quruqshash bo'lsa, nima qilish kerak? Davolash muolajalari nimalardan iborat? Uyda parvarishni qanday to'g'ri tashkil qilish, yuzni nima bilan yuvish, qanday tozalash kerak? Biz asosiy tamoyillarni aytib beramiz va kundalik go'zallik muolajalarini sanab o'tamiz.
Quruq yuzni namlantirish va umuman olganda parvarishlash ishlari birinchi navbatda, gidrolipid muvozanatini saqlash, mustahkamlash va oziqlantirishga qaratilishi kerak. Quyida parvarish uchun oddiy tavsiyalar:
Quruq teri belgilari bilan qanday kurashish mumkin? Quruq yuz terisini mayinlashishi uchun uni qanday namlash va tozalash kerak? To'g'ri parvarish tizimini qanday yaratish kerak? Quruq yuz terisini parvarishlash muolajalariga nimalar kiritilishi kerakligini bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz:
Yuzni yuvish va tozalash. Quruq teri yog'lanish jarayoni yetishmasligidan azob chekadi, shuning uchun uni yuvish va tozalashga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Maxsus mos keladigan mahsulotlar hamda yumshoq tozalash vositalaridan foydalaning: masalan, quruq yuz uchun penka, “molochko”, mitselyar suv.
Maxsus ton berish. Bu uning pH muvozanatini saqlashga yordam beradi, shuningdek, oziqlantiruvchi va namlovchi vositalar ta'siriga tayyorlaydi.
Namlash. Yuz parvarishining ertalabki va kechki muolajalari uchun majburiy bosqich. Namlovchi vositalardan tashqari, namlikni ushlab turuvchi tarkibiy qismlarni o'z ichiga olgan mahsulotlardan foydalaning. Ular terining yuzasida bir turdagi himoya "plyonka" hosil qiladi va ortiqcha namlik yo'qolishining oldini olishga yordam beradi.
Oziqlantirish va mustahkamlash. Ushbu bosqich terining himoya funksiyalarini mustahkamlash va uni tashqi omillarning salbiy ta'siridan himoya qilishga yordam beradi. Bu yerda qalin va hatto yog'li tuzilishga ega mahsulotlarga afzallik berishingiz mumkin. Ushbu holatda bunday vositalar ayni muddao.
Parvarish qilish qoidalari yilning ma'lum vaqtiga bog'liq bo'lishi mumkinmi? Ha. Quruqlik belgilariga ega teri uchun bu ayniqsa muhimdir. Axir, o'ziga xos xususiyatlari (lipidlar va yog' bezlari yetishmasligi, ortiqcha sezgirlik) tufayli bunday teri tashqi muhit omillariga juda ta'sirchan bo'lishi mumkin.
Yozda quruqlikka moyil terini namlik yo'qotishidan himoya qilish juda muhim. Quruq va issiq havo, ultrabinafsha (quyosh nurlari) ta'siri - bularning barchasi teri yuzasidan ortiqcha namlikning bug'lanishiga, uning qarishi va himoya xususiyatlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Yozgi parvarish muolajalariga terini namlash va uning qatlamlarida namlikni ushlab turish, shuningdek, ultrabinafsha nurlarning salbiy ta'siridan himoya qilish kiradi. Har safar ko'chaga chiqishda SPF vositalardan foydalanishni tavsiya etamiz. Hatto bulutli yoki salqin ob-havoda ham. Tungi soatlarda esa yuzni namlantiruvchi kremlardan foydalanish mumkin.
Qishda ham sovuq muhit tufayli quruqshash xavfi mavjud. Muzlama, shamol va haroratning ko'chadan xonaga kirishda o'zgarishi ham terining ortiqcha qurib ketishiga va suvsizlanishiga olib kelishi, stress omillarga nisbatan sezuvchanligini oshirishi mumkin. Bunga isitgichlar tufayli qurigan havoni ham qo'shsak, tasavvurimiz aniqroq bo'ladi. Qishda bunday terini namlash, oziqlantirish va mustahkamlash juda muhim.
Quruqlikka moyil yuz terisini parvarish qilish vositalarini qanday tanlash kerak? Qanday kosmetika vositalari mos keladi va ularni qanday to'g'ri tanlash kerak?
Oddiy qoidalarni taklif qilamiz:
Sept. 25, 2024, 12:18 p.m.