Bodom yog'i olein kislotasi miqdori bo'yicha rekordchi hisoblanadi. U mahsulotning 64-82% ni tashkil qiladi - hatto eng foydali hisoblangan baliq yog'i yoki zaytun yog’idagidan ham ko'proq.
Bodom linoleik kislota Omega-6 ga ham boy. Bodom kosmetik yog’i yoshga bog'liq kosmetika vositalarida qo'llanilishi bejiz emas: linoleik kislota va A, E, F vitaminlari va B2 vitaminlari majmuasi tufayli terining tetikligini saqlashga, yuz ajinlarini yo’qotishga va teri rangini tekislashga yordam beradi.
Bundan tashqari ushbu yog’ning tarkibida terini namlash uchun foydali bo'lgan fitosterollar, teri sho’ralashining oldini oluvchi skvalen, yog' bezlarining faoliyatini normallashtiradigan F vitamini va umumiy mustahkamlovchi mikroelementlar mavjud.
Bodom yog'i o’zining yengil tarkibiga qaramay, singuvchanlik qobiliyati past va o’rab oluvchi moddalar turiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, tiklash effekti uchun u kamida 10 soat davomida sochlarda saqlanishi kerak. Shuning uchun bodom yog'ili kosmetik retseptlar tarkibiga ko'pincha foydali xususiyatlarining singuvchanligini orttiradigan 2-3 xil qo’shimcha mahsulotlar ham qo’shiladi.
Bodom danagi yog'ining xususiyatlari:
Ayniqsa, katta yoshdagilarning terisi uchun yog'ning afzalliklarini alohida ta'kidlash kerak. Uning yordamida hatto uy sharoitida pigmentatsiya jarayonlarining oldini olish, ajinlarni tekislash, yuz rangini yaxshilash va kichik qizarishlarni yo'qotish mumkin.
Oziqlantiruvchi niqob retsepti:
Asal, smetana va bodom yog'ini aralashtiring (har biridan bir choy qoshiqdan). Aralashmani yuzingizga surting, 15-20 daqiqadan so'ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
Agar teringizni tez va ehtiyotkorlik bilan tozalash kerak bo'lsa, tabiiy mahsulotlardan skrab tayyorlang:
Bir choy qoshiqdan bodom yog'i va maydalangan qahvani aralashtiring, yuzingizga surting, yengil massaj qiling va iliq suv bilan yuvib tashlang.
Kattalashgan teshikchalari (poralari) bo'lgan muammoli terini parvarishlash uchun ushbu niqobdan foydalaning:
Tuxum oqiga bodom yog'i (1/2 choy qoshiq) qo'shing. Aralashmani ko'pirtiring va toza yuz terisiga surting. 10-15 daqiqadan so'ng niqobni paxta yostiqchasi yoki nam salfetka yordamida tozalang va qolgan qoldiqlarni salqin suv bilan yuvib tashlang.
Bodom yog'i teri tarangligini ta’minlash, sellyulitni davolash uchun ham ishlatiladi. Uy sharoitida bodom yog’idan muammoli joylarni massaj qilish uchun, mustaqil mahsulot sifatida yoki krem va losyonlarga qo'shgan holda foydalanishingiz mumkin.
Bodomning soch va kipriklar holatiga ijobiy ta'siri isbotlangan. Bodom yog'i tarkibidagi vitamin kompleksi sochlarga tabiiy jilvakorlikni qaytaradi va tez o'sishiga yordam beradi.
Agar sochlaringiz yorqinligini yo'qotgan bo'lsa, sochingizni yuvishdan oldin quyidagilarni bajaring:
Tuxum sarig'ini bodom yog'i bilan aralashtiring (1/2 choy qoshiq). Aralashmani soch ildizlariga surting, polietilen qalpoqcha kiying va boshingizni issiq sochiq bilan o'rang. 30 daqiqadan so'ng, sochlaringizni bir necha tomchi limon sharbati qo'shilgan shampun bilan yuving.
Kipriklaringizni uzoq vaqt qalin va uzun saqlash uchun vaqti-vaqti bilan oziqlantiruvchi niqoblar qo’llashingiz lozim:
Paxta tayoqchasi yoki tush cho'tkasi yordamida toza kipriklarga biroz isitilgan yog'ini qo'llang. 15 daqiqadan so'ng qog'oz sochiq yoki paxta yostiqcha yordamida tozalab tashlang. Shishlarning oldini olish maqsadida, ushbu taomil uyqudan 2 soat oldin amalga oshirilishi kerak.
Sept. 25, 2024, 12:27 p.m.