Bolalar shamollaganda ko'pincha umumiy darmonsizlik va isitma kuzatiladi. Ota-onalar tanometr ko'rsatkichining yuqori ekanligidan qo'rqmasliklari kerak. Ushbu maqolada bolada qanday haroratni pasaytirish kerakligi va buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida so'z boradi.
Shifokorlar harorat 38,5 daraja bo'lganda, chora ko'rishni tavsiya qiladi. Agar umumiy darmonsizlik kuzatilsa, tabletkani ertaroq berish mumkin.
Ko'pchilikning fikriga ko`ra, termometrdagi raqamlar qanchalik yuqori bo'lsa, infeksiya shunchalik xavfli bo'ladi. Lekin bu fikr noto'g'ri. Bola organizmi shakllanmagan immunitetga ega bo'lib, u har qanday infeksiyaga faol hujum qila oladi. Aynan shu sababga ko'ra, oddiy O'RVIda ham isitma chiqishi mumkin.
Inson organizmida ikki xil fiziologik jarayon - issiqlik ishlab chiqarish va issiqlik uzatish jarayonlari sodir bo'ladi. Tana harorati ko'tarilganda issiqlik hosil bo'lishi tezlashadi. Ko'rsatkichlarni me’yorga keltirish uchun issiqlik uzatishni oshirish va issiqlik ajralishini kamaytirish kerak.
Issiqlik uzatishni boshqarish uchun quyidagilar zarur:
Taqiqlanadi:
12-15 yoshgacha bo'lgan bolalarga antipiretiklar: og'riq qoldiruvchi (analgin), yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlar (NSAIDlar) aspirin va nimesulid tavsiya etilmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, isitmani tushiruvchi analgetiklar va yallig'lanishga qarshi vositalar profilaktik tarzda qabul qilinmaydi. Bolalar uchun ulardan faqat yuqori harorat mavjud bo'lgandagina foydalanish mumkin.
Go'daklar uchun (1 yoshdan kichik) rektal shamlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday shaklda vosita peroralga (og'iz orqali) qaraganda biroz kechroq ta’sir qiladi. Farmatsevtika kompaniyalari 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun qiyomlar (sirop), eritmalar ko'rinishida issiqni tushiruvchi dorilar ishlab chiqaradi.
Dozani yoshga qarab emas, vaznga qarab hisoblang:
Dorilarning ta’siri 30-60 daqiqadan keyin boshlanadi. Ko'rsatkichlar asta-sekin 1-2 darajaga pasayadi. Umumiy holat yaxshilanishi kerak.
Qarshi ko'rsatmalar va dorilarning o'zaro ta’sirini hisobga oling. Dozani va qabul qilish chastotasini oshirmang. Aks holda, boshqa dori vositalarining samaradorligini pasaytirish xavfi va asoratlar rivojlanish ehtimoli mavjud. Nojo'ya ta’sirlar paydo bo'lganda preparatni analogi bilan almashtirib, uni ishlatmang. Agar bolaning ahvoli dori bekor qilinganidan keyin yaxshilanmasa, simptomatik terapiyani tayinlash uchun shifokorga murojaat qiling.
Kichkintoylarga faqat tarkibida paratsetamol (3 oylikdan) yoki ibuprofen (6 oylikdan) bo'lgan dorilar (tabletkalar, kapsulalar, siroplar, shamlar) ruxsat etiladi. Agar gap sirop haqida ketsa, dozani to'g'ri hisoblab chiqish kerak. Ta’sir etuvchi moddaning suyuq dori shaklidagi konsentratsiyasini (sirop, tomchilar) davolovchi shifokor har bir klinik holatni individual tahlil qilib hisoblab chiqadi. Preparat miqdori ko'pincha kichik bemorning yoshiga, vazniga bog'liq bo'lib, "ko'z bilan" emas, balki maxsus o'lchov qoshig'i yoki shpris-dozator bilan o'lchanadi.
Suvchechakda (ventryanka) temperatura to'lqinsimon, ya'ni ba'zida tushib, ba'zida ko'tariladigan holatda kechadi. Bunda uni kamaytirish uchun faqat paratsetamol qabul qilishga yo'l qo'yiladi.
Yetti yoshdan boshlab bolaga tabletka yoki kapsula berish mumkin.
Termometrdagi raqamlar me’yoriy ko'rsatkichlarga erishishi shart emas. Shuningdek, bemorning ahvoli yaxshilanishi: tetiklik, ishtaha paydo bo'lishi ham ijobiy o'zgarish hisoblanadi.
Agar isitma tushiruvchi preparat samara bermasa, bolaga boshqa ta’sir etuvchi modda asosida ishlab chiqilgan dorini berish kerak. Masalan, agar paratsetamol asosidagi suppozitoriylar muammoni hal qilishga yordam bermasa, unda faol komponenti ibuprofen bo'lgan sirop qabul qilish mumkin. Dorilarni qabul qilish o'rtasidagi interval kamida 1 soatni tashkil etishi kerak.
Isitma chiqqanda birinchi yordamni ko'rsatishni uy sharoitida ham amalga oshirish mumkin. Agar shunda ham isitma tushmasa nima qilish kerak? Yuqoridagi aytib o'tilgan urinishlar yordam bermasa, unda tez yordam chaqirish kerak. Shoshilinch chaqirish uchun ko'rsatmalar:
Qolgan holatlarda shoshilinch yordamga murojaat qilmasdan, o'z kuchingiz bilan harakat qilishingiz mumkin. Hatto qulog'ida og'riq bo'lsa ham bolaga ibuprofen berish va pediatrni uyga chaqirish mumkin.
Chaqiruvga kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan (Analgin + Dimedrol) inyeksiyasi qilinadi. Preparatlarning bunday kombinatsiyasi bir zumda ta’sir ko'rsatadi: harorat bir necha daqiqa ichida me’yoriy ko'rsatkichlargacha pasayadi.
Agar dori vositasining ta’siri tugaganidan so’ng harorat ko'tarilsa, unda albatta pediatrni uyga chaqirish kerak. Agar yuqori harorat diareya va qusish bilan birga davom etsa, bu holat xavfli bo'lib, kasalxonaga yotqizishni talab qilinadi. Bu holatda tibbiy yordamsiz va shifokor kuzatuvisiz iloj yo'q.
Sept. 25, 2024, 12:30 p.m.
Hozircha izoh yo'q.